Yangiobod tumanida "DOLZARB 90 KUN" loyihasi davom etmoqda.
Yangiobod tumanida "DOLZARB 90 KUN" loyihasi davom etmoqda.
Joriy yilning 29-iyul kuni Yangiobod tumani axborot-kutubxona markazida axborot -kutubxona markazi xodimlari hamda tuman Madaniyat boʻlimi bilan hamkorlikda "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida kitobxonlar ishtirokida "Kitob-bilim manbai" shiori ostida davra suhbati tashkil etildi. Kitob — bilim manbai”, deymiz. Bu isbot talab qilmas haqiqat. lnson bilimni asosan kitob orqali oladi, uning tarbiyasi ham kitob yordamida shakllanadi. Yoshlarimiz badiiy adabiyotlarni oʻqiganda, ularning dunyoqarashi kengayadi, hayotga munosabati oʻzgaradi.
Zero, kitob — qalb chirogʻi, tafakkur qanoti. Ayniqsa, kitobdan taraladigan va elektron nashrdan topib boʻlmaydigan oʻziga xos yoqimli hidni tuyib, varaqlash asnosida moʻjizaviy sahifalarning sirli shitirlashidan koʻngil cheksiz zaviqqa toʻlishi tamoman oʻzgacha ekanligi haqida yigʻilganlarga gapirib oʻtildi. Kitobxonlar bilan oxirgi oʻqigan adabiyotlaridan savol javoblar oʻtkazildi.