Yangiobod tumanida "DOLZARB 90 KUN" loyihasi davom etmoqda.
Yangiobod tumanida "DOLZARB 90 KUN" loyihasi davom etmoqda.
Joriy yilning 12-avgust kuni Jizzax viloyati Yangiobod tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Yangiobod tuman boʻlinmasi, Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi bilan hamkorlikda "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida oʻquvchi-yoshlarni bo'sh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida 12-umumiy oʻrta taʼlim maktabida Oʼzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Beknazar Toshboyev bilan “Shoir bilan uchrashuv” nomli ijodiy uchrashuv oʻtkazildi. Ijodiy uchrashuv davomida shoir kitobxonlarga kitob va uning inson hayotida tutgan oʻrni haqida maʼlumotlar berib oʻtdi. Bundan tashqari shoir oʻzi yozgan sheʼrlaridan parchalar oʻqib eshittirdi.