Yangiobod tumanida "DOLZARB 90 KUN" loyihasi davom etmoqda.
Yangiobod tumanida "DOLZARB 90 KUN" loyihasi davom etmoqda. Joriy yilning 13-avgust kuni Jizzax viloyati Yangiobod tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Yangiobod tuman boʻlinmasi, Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi bilan hamkorlikda "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida oʻquvchi-yoshlarni bosh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida 4-umumiy oʻrta taʼlim maktabida buyuk alloma, yozuvchi, jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan "Buyuk alloma" mavzusida kitobxonlar bilan birgalikda davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Beknazar Toshboyev soʻzga chiqib yigʻilganlarga Mahmudxoʻja Behbudiy hayoti va ijodi, jadidlar orasidagi yetuk olim, sanoat va ziroatchilik sohalarining zamonaviy bilimdoni ekanligi haqida gapirib oʻtdilar.