Yangiobod tumanida "DOLZARB 90 KUN" loyihasi davom etmoqda.
Yangiobod tumanida "DOLZARB 90 KUN" loyihasi davom etmoqda.
Joriy yilning 24 -iyun kuni Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 1-sonli maktabga tashrif buyurilib, o'quvchilar va "Kitobxon klubi a'zolari" ishtirokida “Zakovat” intellektual o’yini tashkil etildi. Zakovat intellektual oʼyinida 4 ta jamoa, "Aristokratlar", "Renessans","Tafakkur" va “Diplomat"jamoalari o’zaro bellashdilar. Jamoalar berilgan savollarni qiziqarli bahs-munozaralar bilan muhokama qilib, tezkorlik va aniqlik bilan javob berishdi hamda oʻz bilim salohiyatlarini yana bir bor namoyish etishdi. “Zakovat” intellektual oʼyini qiziqarli bahs-munozaralarga boy tarzda bo'lib o’tdi.