Yangiobod tumanida "DOLZARB 90 KUN" loyihasi davom etmoqda.
Joriy yilning 14-iyun "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 4-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiga tashrif buyurilib kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadida oʻquvchilar oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazildi. Soʻrovnoma davomida kitobxonlar fikri oʻrganilib, ularni qiziqtirgan sohadagi adabiyotlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berib oʻtildi.