Yangiobod tumanida "DOLZARB 90 KUN" loyihasi davom etmoqda.
Yangiobod tumanida "DOLZARB 90 KUN" loyihasi davom etmoqda. 🔰 Joriy yilning 17-iyun kuni Yangiobod tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Yangiobod tumani boʼlinmasi bilan hamkorlikda 4-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiga tashrif buyurilib, "Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida oʻquvchilarini bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida buyuk alloma, yozuvchi, jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan "Ulugʻ mutafakkir" mavzusida kitobxonlar bilan birgalikda davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida kitobxonlarga Behbudiyning hayoti va ijodi yozgan asarlari haqida qisqacha maʼlumotlar berib oʻtildi.