Yangiobod tumanida "DOLZARB 90 KUN" loyihasi davom etmoqda.
Joriy yilning 23-iyun kuni Yangiobod tumani axborot-kutubxona markazida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida oʻquvchilarni bosh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida "Kitob va kitobxonlik-maʼnaviyat koʻzgusi" shiori ostida ekskursiya tashkil qilindi. Ekskursiya davomida kitobxonlarga axborot-kutubxona markazi xodimlari kutubxona fondi, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar va barcha qulayliklar, badiiy-siyosiy adabiyotlar, elektron o'quv qoʻllanmalar haqida ma'lumotlar berib o'tdilar. Bundan tashqari ekskursiya davomida yangi kelgan adabiyotlar bilan ham tanishtirib oʻtdilar. Kitobxonlar o'zlari yoqtirgan asarlarni mutoalaa qilish uchun oldilar.