Yangiobod tumanida "DOLZARB 90 KUN" loyihasi davom etmoqda.
Joriy yilning 24-iyun kuni Yangiobod tumani axborot-kutubxona markazida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida kitobxonlar bilan birgalikda 26-iuyn Butun jahon giyohvandlikga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Biz giyohvandlikga qarshimiz" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Keyingi yillarda yer yuziga keng tarqalgan bir illat borki hammani tashvishga solmoqda. Bu illat – giyohvandlikdir. Giyohvandlikka qarshi kurashish, ularning zararli oqibatlaridan kishilarni xabardor qilish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish doimiy va muhim faoliyat turlaridan biri ekanligi, giyovandlikka chalingan kimsalar oilasining tinchi buzilayotgani, farzandlarining qarovsiz qolayotgani, o‘zlari esa salomatligini yo‘qotib, bevaqt o‘lim topayotgani hech kimga sir emasligi haqida gapirib oʻtildi va savol javoblar oʻtkazildi.