Yangiobodda "Madaniyat karvoni" konsert dasturi bo'lib o'tdi
Yangiobodda "Madaniyat karvoni" konsert dasturi bo'lib o'tdi.
Yangiobod tumani markaziy o'yingohida O'zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi huzuridagi “O‘zbekiston davlat filarmoniyasi” davlat muassasasi tomonidan katta konsert dasturi bo'lib o'tdi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etilgan ushbu galakonsert ko'tarinki ruhda yorqin taassurotlarga boy bo'ldi.Ayniqsa, taniqli ijodkorlar va elimiz suygan san'atkorlar ijrosidagi kuy-qo'shiqlar stadionga yig'ilgan aholi va yoshlar qalbini xushnud etib, barchani o'yinga chorladi va ularga unutilmas lahzalarni tuhfa etdi.