“YAŞAMOQ” KITOBI TAQDIMOTI ÖTKAZILDI
“YAŞAMOQ” KITOBI TAQDIMOTI ÖTKAZILDI
Joriy yilning 27-oktabr kuni Yangiobod tumani Axborot-kutubxona markazida 9225-sonli chegara qöshinlari bilan hamkorlikda Yuy Xuaning “Yaşamoq” nomli kitobi taqdimoti taşkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi yoşlar va harbiy xizmatçilar örtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş, ularning badiiy adabiyotga bölgan qiziqişini oşiriş, kitob orqali insoniy qadriyatlar, hayot mazmuni va ma’naviy kamolot haqida fikr yuritişga undaşdan iborat böldi.
Taqdimot davomida “Yaşamoq” kitobining mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan ğoyalar hamda asarning kitobxon dunyoqaraşini boyitişdagi ahamiyati haqida söz yuritildi. Iştirokçilarga kitob mutolaasi insonning fikrlaş doirasini kengaytirişi, hayotga teran nazar bilan qaraşga, qiyinçiliklarni matonat bilan yengib ötishga va hayotning qadriga yetişga undaşi ta’kidlandi.
Şuningdek, tadbir iştirokçilari bilan kitobxonlikning inson ma’naviyatini yuksaltirişdagi örni yuzasidan fikr almaşildi.