YIL YAKUNLARI SARHISOB QILINIB, KELGUSI VAZIFALAR BELGILANDI
YIL YAKUNLARI SARHISOB QILINIB, KELGUSI VAZIFALAR BELGILANDI.
Joriy yilning 3-noyabr kuni Yangiobod tumani axborot-kutubxona markazida markaz rahbari boshchiligida yil yakunlariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Seminar davomida axborot-kutubxona markazining yil davomida amalga oshirgan ishlari, erishilgan natijalari hamda faoliyat davomida yuzaga kelgan muammolar atroflicha tahlil qilindi. Jumladan, kitobxonlarga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatish sifati, kitob fondini boyitish va undan samarali foydalanish, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish, bibliografik faoliyat, elektron resurslardan foydalanish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, seminar davomida xodimlarning yil davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi.