"Yoʻl-yoʻlakay kitob oʻqiymiz
2026-yil 20-may kuni Jizzax viloyati Yangiobod tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan aholini kitobxonlikka jalb qilish maqsadida "Yoʻl-yoʻlakay kitob oʻqiymiz" shiori ostida targʻibot ishlari olib borildi. Mamlakatimizda har bir insonga kitob bilim manbai va maʼrifat yogʻdusi haqida tushunchalar berildi. Targʻibot davomida kitobxonlarga axborot -kutubxona markazida joylashgan yangi badiiy kitoblar oʻquv qoʻllanma va oʻquv darsliklar hamda bu yerda yaratilgan barcha shart-sharoitlar haqida batafsil maʼlumotlar berib oʻtildi. Targʻibot davomida oʻzaro oʻqilgan kitoblar haqida savol javoblar boʻlib, qisqacha fikr almashildilar.