Yoshlar bilan uchrashuv
Joriy yilning 16- iyul kuni Yangiobod tuman Axborot-kutubxona markazi direktori yosh xodimlari bilan tadbirkor masalasida uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va salohiyatini oshirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda innovatsion g‘oyalarni hayotga tatbiq etish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek: "Yoshlarimizning bilimli, tashabbuskor va tadbirkor bo‘lib kamol topishi — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining eng muhim omilidir." Mazkur uchrashuvda davlatimiz tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlarning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ma'naviy-ma'rifiy muhitni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritildi.