"Yoshlar kuni"
Joriy yilning 23-iyul kuni Yangiobod tumani axborot-kutubxona markazida "Yoshlar kuni" doirasida "Yosh fermerlarni qoʻllab-quvvatlash kuni" munosabati bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi. Davra suhbatida hozirgi kunda yoshlarni oʻz ish oʻrinlarini topishlari uchun fermerlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida berilayotgan imtiyozlar haqida ochiq suhbatlar oʻtkazildi. Muloqot davomida yurtimizda boʻlayotgan keng koʻlamli imkoniyatlar hamda ulardan foydalanish yoʻllari haqida suhbat oʻtkazildi.