"Yoshlar kuni"
Joriy yilning 6-avgust kuni Yangiobod tumani axborot-kutubxona markazi IT park markaziga tashrif buyurib, "Yoshlar kuni" doirasida Innovatsiyalar, sun'iy intellekt va robotexnika kuni munosabati bilan "Sun'iy intellekt va kelajak kasblari" mavzusida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbir davomida sun'iy intellekt texnologiyalarining bugungi kundagi ahamiyati, turli sohalardagi qo'llanilishi hamda kelajakda mehnat bozorida talab yuqori bo'ladigan kasblar haqida atroflicha ma'lumot berildi. Ishtirokchilar sun'iy intellektning ta'lim, tibbiyot, sanoat, axborot texnologiyalari va boshqa yo'nalishlardagi imkoniyatlari bilan tanishdilar. Shuningdek, yoshlarni zamonaviy kasblarni egallashga, raqamli ko'nikmalarni rivojlantirishga, innovatsion fikrlash va ijodkorlikni qo'llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratildi. Tadbir savol-javoblar va fikr almashish ruhida o'tib, ishtirokchilarda zamonaviy texnologiyalarga bo'lgan qiziqishni yanada oshirdi.