“Yoshlar kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
2026-yil 7-may kuni Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazida Yangiobod texnikumi bilan hamkorlikda “Yoshlar kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda ichki ishlar xodimlari Z. Mamadmurodov va Q. Doniyorov ishtirok etib, o‘quvchilar bilan kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, kitob mutolaasining inson tafakkuri va ma’naviy kamolotidagi o‘rni haqida samimiy suhbat olib bordilar. Suhbat davomida o‘quvchilar bilan badiiy adabiyot namunalari yuzasidan fikr almashilib, “Garov” hamda buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiyning g‘azallari haqida mulohazalar yuritildi. Asarlarda ilgari surilgan insoniylik, vatanparvarlik va yuksak ma’naviy qadriyatlar o‘quvchilar tomonidan tahlil qilinib, o‘z fikr va taassurotlari bildirildi. Tadbir davomida kitob o‘qish insonning dunyoqarashini kengaytirishi, ma’naviy yetuk shaxs bo‘lib shakllanishida muhim ahamiyat kasb etishi alohida takidlandi.