"Yoshlar oʻrtasida giyohvandlik vositalariga qarshi kurashish"
Joriy yilning 24-fevral kuni Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazida xodimlar ishtirokida "Yoshlar oʻrtasida giyohvandlik vositalariga qarshi kurashish" nomli davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida inson uchun eng bebaho boylik – bu sog‘lik-salomatlik ekanligi hamda uni asrash esa har birimizga omonat qilib berilganligini taʼkidlab oʻtdilar. Bundan tashqari, giyohvandlikning oqibatlari, ularga qarshi kurash, giyohvand moddalarni iste’mol qilish inson kamolotiga, sog‘ligiga xavf-xatar solish bilan bir qatorda kelajagiga ham o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatishi haqida batafsil maʼlumot berildi. Davra suhbatida 15 nafar xodimlar ishtirok etdilar.