Yozgi ta'til – kitob bilan maroqli!
"Yozgi ta'til – kitob bilan maroqli!" Joriy yilning 2-iyun kuni Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Yangiobod tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 3-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabiga tashrif buyurib o'quvchi-yoshlarning yozgi ta'til kunlarini mazmunli tashkil etish va kitobxonlikni targ'ib qilish "Yozgi ta'til – kitob bilan maroqli!" nomli tadbir tashkil etildi. Tadbirda o'quvchilarga ta'tilda vaqtni unumli o'tkazish, mutolaa madaniyati haqida qimmatli tavsiyalar berildi. Yoshlarning intellektual salohiyatini charxlash va bilimini oshirishda kitoblarning o'rni haqida o'quvchilarga kengroq tushunchalar berildi.