"Yurakni madh etgan sado!" shiori ostida axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.
Joriy yilning 10-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan "Yurakni madh etgan sado!" shiori ostida axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi. Tadbirda axborot-kutubxona markazi rahbari F.Rahimov soʻzga chiqib Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi 1992-yil 10-dekabrda qabul qilinganligi munosabati bilan barcha xodimlarni tabrikladi. Davlat madhiyasi sheʼriy yoki musiqiy shaklda yozilgan asar boʻlib, maʼlum bir shaxsni, davlatni, xalqni, bayroqni yoki boshqa ulugʻvor hodisa yoki gʻoyani ulugʻlash uchun yaratilishi haqida gapirib oʻtdilar. Bundan tashqari Davlat madhiya qadimdan turli xalqlar adabiyoti va madaniyati keng tarqalgan janrlardan biri ekanligi, davlat suvereniteti va xalqlarning birlik timsoli boʻlib, odatda rasmiy marosimlarda ijro etilishi haqida xodimlarga batafsil maʼlumotlar berib oʻtdilar.