Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi
Joriy yilning 13-fevral kuni Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi hamda Yangiobod tuman texnikumi bilan hamkorlikda oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir va mutafakkir, tarixchi, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan "Buyuk shoh va shoir” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida soʻz olganlar Z.M.Boburning betakror she'riyati, sharq xalqlarining turmush tarzi, urf-odatlari, tabiati va qadriyatlari haqida mufassal ma'lumot beruvchi, insonni komillikka undovchi asarlari yosh avlodni ona yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlab oʻtishdi.
Shuningdek, kitobxonlar shoir g'azallaridan namunalar o'qib eshittirildi.