“Zakovat”
2024-yil 24-aprel kuni Jizzax viloyati Yangiobod tumani axborot kutubxona markazi tomonidan IV Respublika "Kitobsevar millat" shiori ostida "Kitobxonlik haftaligi" doirasida Maktab va maktabgacha taʼlim boʻlimiga qarashli 12-umumtaʼlim maktabida “Kitobxonlar klubi” aʼzolari oʼrtasida “Zakovat” intellektual oʼyini oʻtkazildi. Ushbu musobaqada “Kosmos”, “Respekt”, “Yosh zakovatchilar”, "Intellekt" va "Bilimdon" jamoalari oʼzaro bellashdilar. Jamoalar berilgan savollarga tezkorlik hamda aniqlik bilan javob berishdi. “Zakovat” intellektual oʻyini qiziqarli bahs munozaraga boy tarzda boʻlib oʻtdi va oʻyin soʼngida savollarga aniqlik bilan javob bergan "Respekt” jamoasi faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritishdi. Tadbirda 40 dan ortiq kitobxonlar ishtirok etdilar.