“Zakovat”
Joriy yilning 25-mart kuni Jizzax viloyati Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazida Yangiobod tumani mahallalari ishtirokida “Zakovat” intellektual o’yinini tashkil etildi. Zakovat intellektual oʼyinida 2 ta jamoa, "Yangiobod" va “Doʻstlik" jamoalari o’zaro bellashdilar. Jamoalar berilgan savollarni qiziqarli bahs-munozaralar bilan muhokama qilib, tezkorlik va aniqlik bilan javob berishdi hamda oʻz bilim salohiyatlarini yana bir bor namoyish etishdi. “Zakovat” intellektual oʼyini qiziqarli bahs-munozaralarga boy tarzda bolib o’tdi.