“Zakovat”
Joriy yilning 22-iyul kuni Yangiobod tumani axborot-kutubxona markazida Yoshlar agentligi bilan hamkorlikda Mahalla fuqarolar yigʻinlari yoshlari oʻrtasida Zakovat intellektual oʻyini tashkil etildi. Zakovat intellektual oʻyinida 7-ta jamoa Balandchaqir MFY, Yangiobod ShFY, Doʻstlik MFY, Shodlik MFY, Sovot QFY, Xoʻjamushkent QFY, Sarmimich MFYdan tashrif buyurgan jamoalari oʼzaro bellashdilar. Jamoalar berilgan savollarga tezkorlik hamda aniqlik bilan javob berishdi. “Zakovat” intellektual oʻyini qiziqarli bahs munozaraga boy tarzda boʻlib oʻtdi. 1-oʻrinni Yangiobod ShFY jamoasi, 2- oʻrinni Sovot QFY, 3-oʻrini Balandchaqir MFY jamoalari qoʻlga kiritishdi. Gʻolib jamoalar Yoshlar agentligi tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar. Tadbirda 40 dan ortiq ishtirokchilar ishtirok etdilar.