Zakovat


Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazida 2024-yil 23-oktabr kuni "INFOLIB OʻZBEKISTON -2024" XIII Milliy axborot -kutubxona haftaligi va "Yangi Oʻzbekiston kutubxonachilari yangi kuch, yangi imkoniyatlar, yangi marralar!" Yosh kutubxonachilar IV forumi doirasida ishlab chiqilgan chora- tadbirlar rejasi asosida Kitobxonlar o'rtasida Zakovat intellektual o'yini oʻtkazildi. Intellektual o'yinda kitobxonlar o'z bilimlarini namoyish etishdi. O'yinda 4 ta jamoa oʻzaro bellashib "Bilimdonlar" jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi.