"Zakovat"
Joriy yilning 5-dekabr kuni Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi, Yangiobod tuman Ichki ishlar boʻlimi hamda Yoshlar ishlari boʻlimi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya huquq va erkinligimiz kafolati" shiori ostida "Zakovat" intellektual oʻyini tashkil etildi. Davlat xizmatchilarining huquqiy bilimlarini oshirish, mantiqiy fikrlashini yanada kuchaytirish orqali ularning oʻz ustida doimiy ishlashini ragʻbatlantirish maqsadida tashkil qilingan oʻyinda 4 ta jamoa jamoalar ishtirok etishdi. Qizgʻin bahs-munozaralar bilan oʻtgan oʻyin yakunida quyidagi jamoalar:
1-o‘rin: LOCHINLAR jamoasi
2-o‘rin: GʻOLIBLAR jamosi
3-o‘rin: LIDERLAR jamoasi
sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritishdi. Oʻtkazilgan tadbirda axborot-kutubxona markazi tomonidan kitoblar koʻrgazmasi ham tashkil etildi.