"Zakovat"
📚Joriy yilning 7-aprel kuni Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazida Yangiobod tuman politexnikumi oʻquvchilari hamda kitobxonlar klubi aʼzolari ishtirokida 9-aprel Amir Temur tavalludining 689-yilligi munosabati bilan "Askarlari baquvvat yurt qudratli boʻlur shiori ostida "Zakovat" intellektual oʼyini tashkil etildi. Kitobxonlarni huquqiy bilimlarini oshirish, mantiqiy fikrlashini yanada kuchaytirish orqali ularning oʻz ustida doimiy ishlashini ragʻbatlantirish maqsadida tashkil qilingan oʻyinda 8 ta jamoalar ishtirok etishdi.