"Zakovat" intelektual oʻyini tashkil etildi.
#Axborot_texnologiyalari haftaligi
Joriy yilning 10-iyun kuni Yangiobod tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari 5-umumiy oʻrta taʼlim maktabi bilan hamkorlikda "Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida oʻquvchilarini bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida "Zakovat" intelektual oʻyini tashkil etildi. Ushbu musobaqada “Liderlar", “Lochinlar”, "Burgutlar", "Zukkolar"va "Bilimdonlar" jamoalari oʼzaro bellashdilar. Jamoalar berilgan savollarga tezkorlik hamda aniqlik bilan javob berishdi. “Zakovat” intellektual oʻyini qiziqarli bahs munozaraga boy tarzda boʻlib oʻtdi va oʻyin soʼngida savollarga aniqlik bilan javob bergan "Liderlar” jamoasi faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritishdi. Tadbirda 60 nafardan ziyod kitobxonlar ishtirok etdilar.