"Zakovat" intellektual o'yinining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.
Yangiobod tumani Axborot-kutubxona markazida Jizzax tajribasi asosida "Iste’dodli yoshlar maydoni" loyihasi asosida o‘tkaziladigan tanlov va musobaqalar kalendar rejasiga muvofiq mahalla yoshlari o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yinining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi. Mazkur intellektual o'yin "Zakovat intellektual klubi" tomonidan tayyorlangan savollar asosida sektor bosqichida gʻolib boʻlgan 4 ta jamoalarning 14-30 yoshgacha bo'lgan mahalla yoshlari o'rtasida o'tkazildi. 2 turdan iborat savol-javoblar natijasiga ko'ra Yangiobod mahallasining "Renessans" jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritib, viloyat bosqichiga yo'llanma oldi.