“Zo‘ravonlikdan jabrlanganlar yolg‘iz emas”
“Zo‘ravonlikdan jabrlanganlar yolg‘iz emas”
Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazida zo‘ravonlikka qarshi kurashish, uning oldini olish, jabrlanganlarni qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyatda mehr-oqibat, hurmat va insoniy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan “Zo‘ravonlikdan jabrlanganlar yolg‘iz emas” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida zo‘ravonlikning turli ko‘rinishlari, uning inson hayoti va ruhiyatiga salbiy ta’siri, shuningdek, jabrlanganlarga befarq bo‘lmaslik, ularni tinglash, qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish muhimligi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — zo‘ravonlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, inson qadr-qimmatini ulug‘lash, har bir inson mehr, e’tibor va himoyaga munosib ekanini targ‘ib etishdan iborat.
Zo‘ravonlikka qarshi kurash — barchamizning mas’uliyatimiz. Hech kim yordam va e’tibordan chetda qolmasligi kerak!