Zulfiya Qurolboy qizining "Mashaqqatli hayot so‘qmoqlari" kitobining taqdimoti o‘tkazildi.
Joriy yilning 21-dekabr kuni Yangiobod tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Yangiobod tumani kasb-hunar maktabiga tashrif buyurilib, kitobxonlarga Zulfiya Qurolboy qizining "Mashaqqatli hayot so‘qmoqlari" kitobining taqdimoti o‘tkazildi. Tadbir davomida kitobxonlarga ushbu kitobdagi voqealar, Qashqadaryolik tadbirkor ayol Nazira Shodmonovaning mashaqqatli turmush yo‘li, halol mehnati,har qanday sharoitda ham ishonchini yo‘qotmaganligi, qiyinchiliklarni yengib o‘tib oxir-oqibat muvaffaqiyatga erisha olgan zamonamiz qahramonlaridan biri ekanligi ta'kidlab o'tildi. Tadbirda 25 nafar kitobxonlar qatnashdi.