Zulfiyaxonim vafo va sadoqat timsoli
Joriy yilning 27-fevral kuni Jizzax viloyati Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazida "Kitobxon klubi" aʼzolari bilan birgalikda taniqli oʻzbek shoirasi Zulfiyaxonim Isroilova tavalludining 111 yilligi munosabati bilan "Zulfiyaxonim vafo va sadoqat timsoli" shiori ostida kitobxonlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida axborot-kutubxona markazi xodimlari kitobxonlarga Zulfiyaxonim hayoti va ijod yoʻli, yozgan sheʼrlari, jumladan, "Hayot varaqlari", "Oʻgʻlim sira boʻlmaydi urush", "Bahor keldi seni soʻroqlab", "Tong qoʻshigʻi" sheʼrlar toʻplamlari haqida batafsil maʼlumot berib oʻtdilar. Bundan tashqari kitobxonlar Zulfiyaxonim sheʼrlaridan parchalar oʻqib eshittirdilar.